Pentagon rahbari Lloyd Ostin birinchi marta Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan telefon orqali suhbatlashdi
Pentagon rahbari Lloyd Ostin Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb yozadi Meduza Amerika harbiy idorasiga tayanib.
Suhbat chog‘ida Ostin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush sharoitida harbiy idoralar o‘rtasidagi kommunikatsiya kanallarini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.
Pentagon vakili eslatishicha, so‘nggi marta Ostin Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari bilan 2023-yil martida muloqot qilgan, o‘shanda bu lavozimni Sergey Shoygu egallab turgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Belousov va Ostin o‘rtasidagi telefon suhbati Amerika tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. Mudofaa vazirlari “Ukraina atrofidagi vaziyat borasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, Belousov Amerika Ukraina qurolli kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazishda davom etishi vaziyatni yanada keskinlashtirishi xavfi haqida gapirgan.
Sharhlar