Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasi o‘z faoliyatini tikladi
Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi respublikalar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi. Tehronda diplomatik departament yangi manzilda ochildi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining saytida xabar berildi.
“Elchixona faoliyatining qayta tiklanishi o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan Ozarbayjon-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirishga hamda ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, – deyiladi press-relizda.
Elchi va diplomatik xodimlar Eronga yetib borgan. Qayd etilishicha, akkreditatsiya qilingan mamlakat Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi doirasida elchixona binosi oldida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rgan.
Sharhlar