Fransiya Parijdagi Olimpiada ochilish marosimini bekor qilishi mumkin
Fransiya Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi terrorchilik hujumlari ehtimolidan xavotirda. Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen 28-mart kuni Parijda Olimpiada ochilish marosimi o‘tkazilishini muhokama qilish uchun maxsus xizmat vakillari bilan uchrashishi kerak edi, deb xabar beradi Europe 1.
Yaqinda Podmoskovyedagi “Krokus Siti Xoll”da yuz bergan terakt fonida Fransiya hududida terrorchilik xavfi “juda yuqori” deyiladi xabarda. Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi Fransiyaga “jangovar qurol yoki transport vositalari yordamida amalga oshiriladigan ommaviy terrorizm qaytishidan xavfsiramoqda”, shu sababli “Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi kuni muvofiqlashtirilgan hujum ssenariysidan maksimal darajada uzoq turishni istaydi”.
“Biz B rejasiga o‘tishimiz kerak”, — deya ma’lum qildi radioning razvedka xizmatidagi manbasi marosimni bekor qilish imkoniyatini ko‘zda tutib.
Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 26-iyuldan 11-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlikni ta’minlashga 20 ming nafargacha harbiy jalb etilishi rejalashtirilgan.
Sharhlar