Parijdagi turar joyda portlash yuz berdi, uch kishi halok bo‘ldi

Фото: Известия

Parijdagi turar joylardan birida avval portlash, so‘ng yong‘in yuz berdi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Fransiyaning Le Parisien va Le Figaro gazetalari o‘z manbalariga tayanib.

Hodisa Sharon ko‘chasida joylashgan sakkiz qavatli uyning yettinchi qavatida sodir bo‘ldi. Portlashdan keyin uyda yong‘in boshlandi. Uni o‘chirishda 60 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar qatnashdi.

Ikki kishining jasadi uydagi xonadonlardan birida topilgan. Yana bir kishi esa qochishga urinib, derazadan tushib ketgan.

Portlash sababi hozircha aniqlangani yo‘q, ammo politsiya taxminiga ko‘ra, gaz portlagan bo‘lishi mumkin. Yashovchilar esa uyda gaz yo‘qligini aytmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.