Pashinyan: Lukashenko davrida Armanistonning birortayam rasmiy vakili Belarusga bormaydi

Будет ли Армения в ЕС или ЕАЭС решит референдум - Пашинян
Источник: ria.ru

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Aleksandr Lukashenko Belarus rahbari bo‘lib qolar ekan, uning o‘zi ham, Armanistonning boshqa rasmiy vakillari ham hech qachon bu mamlakatga tashrif buyurmasligi bildirdi.

“Bundan buyon Armanistonning rasmiy vakili Lukashenko prezident bo‘lgan davrda Belarusga boshqa tashrif buyurmaydi”, – dedi u Milliy assambleya yig‘ilishidagi yakuniy nutqida.

“KXShT yetakchilaridan biri 44 kunlik urushni tayyorlashda ishtirok etganini, Ozarbayjonni ruhlantirganini, ishonganini va g‘alaba tilaganini ta’kidladi. Shundan keyin ham men Belarus prezidenti bilan bu masalani KXShT formatida muhokama qilish uchun boramanmi?”, – dedi Pashinyan.

Armanistonning Belarusdagi elchisi Razmik Xumaryan maslahatlashuvlar uchun Yerevanga chaqirildi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.