Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olindi – Fransiyaning TF1 telekanali
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov 2-avgust kuni kechqurun Parijdagi Le Burje aeroportida qo‘lga olindi.
Durov Ozarbayjondan Fransiyaga shaxsiy samolyotda yetib kelgan.
Fransiyaning TF1 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, u Fransiyada qidiruvda bo‘lganlar (Fichier des Personnes Recherchées, FPR) ro‘yxatiga kiritilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Telegram’da moderatsiya yo‘qligi sababli giyohvand moddalar savdosiga sheriklik, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanmoqda. Pavel Durov bugun shanba oqshomida sudga taqdim etilishi kerak.
Ulashish:
Sharhlar