Politico: AQSh Ukrainaga qiymati 375 million dollarlik noyob bombalar yuboradi
Qo’shma Shtatlar 23-sentabr, dushanba kuni e’lon qilinishi kutilayotgan 375 million dollarlik, yangi harbiy yordam paketi doirasida, F-16 uchun o’rta masofali boshqariladigan bombalarni Ukrainaga yuborishni ko’rib chiqmoqda. Bu haqida “Politico” amerikalik yirik amaldorlar manbalariga tayanib yozmoqda.
“Joint Standoff Weapons” (JSOW) deb nomlanuvchi bu bombalar AQSh armiyasi hamda Amerika ittifoqchilari tomonidan qo’llaniladi. Ular 130 kilometrdan ortiq masofadagi nishonlarni urishga qodir, bu esa Ukrainaga Rossiya nishonlariga zarba berish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi, deya qayd etadi nashr. Yakuniy ishlab chiqilayotgan paket, shuningdek, artilleriya o’q-dorilari va raketalarni, jumladan, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini o’z ichiga oladi.
JSOW – bu havo hujumidan mudofaa zonalari tashqarisidagi statsionar va harakatlanuvchi nishonlarni yo’q qilish uchun mo’ljallangan taktik suzuvchi boshqariladigan bomba. Uning ishlab chiqaruvchisi Amerikaning Texas Instruments kompaniyasining Defense Systems & Electronics bo’limi hisoblanadi.
Sharhlar