Politico: Energiya tanqisligi tufayli Ukrainani eng og‘ir qish kutmoqda

фото: dzen.ru

Politico nashri Ukraina hukumatining energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi va Energetika sanoati tadqiqotlar markazining direktori Aleksandr Xarchenkoning ma’lumotlariga asosan, Kiev kuniga 8 soatdan 20 soatgacha elektr energiyasi uzilishlariga to‘qnash kelishi mumkinligi haqida xabar beradi.

“Hozirdanoq mutaxassislar energiyaning cheklanishini, bu esa odamlarni kunining katta qismida elektr ta’minotidan mahrum qilishini taxmin qilmoqda. Bunga qattiq sovuq va Rossiyaning atom energetikasi ob’ektlariga zarbalari qo‘shilsa, Ukraina elektr ta’minotidan kuniga 20 soatgacha uzilishlarga to‘qnash kelishi mumkin”, – deydi Xarchenko.

Nashrning ta’kidlashicha, muammo shundaki, Rossiyani zarbalaridan keyin Ukraina asosan raketa zarbalaridan himoyalanmagan atom infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lib qolgan, ularni ta’mirlash ishlari uchun vaqt yetmayapti.

Moskva avgust oyining oxirida mamlakat energiya ob’ektlariga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.