Polsha Belarus bilan chegaradagi to‘siqni mustahkamlashga 370 mln dollar ajratadi

Foto: AP

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi to‘siqni modernizatsiya qilmoqchi. Ushbu maqsad uchun 1,5 milliard zlotiy (370 million dollardan ko‘proq) talab etiladi, deb yozadi “Kommersant”.

“To‘siq modernizatsiyasining o‘zi, katta ehtimol bilan, qariyb 1,5 milliard zlotiyga tushadi, bu to‘siq haqiqatda ish berishi uchun esa yana xuddi shuncha ajratish kerak”, — dedi milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezariy Tomchik TVN24 telekanaliga bergan intervyusida.

Modernizatsiya loyihasi ustida polshalik muhandislar va Sileziya texnologiya universiteti xodimlari kollektivi ish olib boradi. Vazir o‘rinbosari fikricha, to‘siq orqali o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi.

Tomchikning aytishicha, hozirgi to‘siq vaqtinchalik yechim hisoblanadi, chunki u noqonuniy muhojirlarni ushlab qolishda yetarlicha samara bermayapti. Uning ta’kidlashicha, muhojirlar Belarus xizmatlari yordamida hamda domkratdan foydalanib, undan oshib o‘ta oladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.