Polsha Rossiya bilan chegarada istehkomlar qurilishini boshladi
Polshada Rossiya Federatsiyasi va Belarus bilan chegarada istehkomlar qurish ishlari boshlandi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk X (Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qiladi.
“ «Sharq qalqoni» qurilishi boshlandi! Rossiya bilan chegara yaqinidagi dastlabki ishlar”, — deb yozadi Tusk.
May oyida Donald Tusk Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarada xavfsizlikni mustahkamlash uchun 2,3 milliard yevro sarflashni rejalashtirayotganini aytgan edi. “Sharq qalqoni” mudofaa dasturi doirasida istehkomlar qurilishi 2028-yilgacha davom etadi.
2023-yilda Polsha Rossiya va Belarus bilan chegaraga yaqin yo‘llarda qo‘shimcha istehkomlar, jumladan, tanklarga qarshi “tipratikan”larni o‘rnatishni boshlagani xabar qilingan edi.
Sharhlar