Olmaota aeroportida Air Astana uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi

Фото: КТК

Olmaota aeroportida Air Astana aviakompaniyasi uchuvchisi narkotik mastlik holatida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Kazinform aviatashuvchi matbuot xizmatiga tayanib.

Kompaniyada qayd etishlaricha, uchuvchi 23-aprel kuni qo‘lga olingan, u yo‘lovchi sifatida uchib ketmoqchi bo‘lgan.

Ayni paytda politsiya organlari tomonidan sudga qadar tergov olib borilmoqda. Uchuvchi ishdan chetlatilgan.

Shu bilan birga aviakompaniya ishontirishicha, xodimlar tomonidan alkogol yoki narkotiklar iste’moliga nisbatan nol bardoshlilik ko‘rsatiladi hamda ekipaj doimiy asosda qonda alkogol yoki narkotik moddalar bor-yo‘qligi yuzasidan testdan o‘tkazib turiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.