Zelenskiyning matbuot kotibi 25-fevralga “o‘ziga xos bir narsa” tayyorlanayotganini e’lon qildi

Foto: Reuters

Ukraina 25-fevral kuni hukumat vakillari ishtirokida konferensiya o‘tkazadi, unda mamlakatning joriy yildagi yo‘nalishi haqida gap boradi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 24-fevral kuni Kiyevga “do‘st” mamlakatlardan ko‘plab chet ellik yetakchilar va sheriklar yetib keladi, tashriflar “amaliy natijalar”ga ega bo‘ladi. Shuningdek, G7 mamlakatlarining onlayn-majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Ertasi kuni, 25-fevralga biz alohida narsa tayyorlayapmiz. Bu konferensiya, bizning 2024-yildagi va undan keyingi yo‘limiz haqida ochiqchasiga suhbat bo‘ladi. Unda hukumatning top-spikerlari, harbiy-siyosiy rahbariyat, bosh vazir, Oliy rada rahbari, Ukraina xavfsizlik xizmati, razvedka xizmati, strategik sanoat vazirligi rahbari qatnashadi. Birinchi xonim, infratuzilma vazirligi, Zelenskiyning ofisi va albatta, prezidentning o‘zi ham bo‘ladi”, — dedi Nikiforov “Rada” telekanali efirida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gap Ukrainaning kundalik hayoti, armiya, Yevroittifoq va NATOga integratsiyasi, xavfsizlik kafolatlari, ukrainaliklarning ruhiy salomatligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat hayotining boshqa jihatlari haqida gap boradi. Shuningdek, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy va boshqa yuqori mansabli amaldorlar ishtirokidagi matbuot anjumanlari belgilangan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.