Chexiyada ikkita poyezd to‘qnashib ketdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi (video)
Chexiyaning Pardubitse shahri yaqinida ekspress va yuk poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jabrlandi, deb yozadi “RBK”.
Poyezdlar katta tezlikda ro‘paradan to‘qnashgan. Ekspress poyezd relsdan chiqib, ag‘darilib ketgan, yuk poyezdining birinchi vagoni ham shikastlangan. Avariya hududida harakat to‘xtatib qo‘yilgan.
Chexiya ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 kishi yengil jarohat olgan va uch kishi o‘rta og‘irlikda shikastlangan.
Halokatga RegioJet tezyurar poyezdi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u to‘xtash belgisini e’tiborsiz qoldirgan.
Voqea joyida sakkizta tez yordam brigadasi va 36 nafar qutqaruvchi ishlamoqda.
Ekspress poyezd Pragadan Sloveniyadagi Koshitse shahriga yo‘l olgan, 300 ga yaqin yo‘lovchini tashib ketayotgan edi.
Sharhlar