Prigojinning qabri bir necha kun ichida ikkinchi marta tahqirlandi
“Fontanka” shahar nashrining xabariga ko‘ra, Poroxovskiy qabristonining qo‘riqchisi Voronej oblastidan bo‘lgan 36 yoshli erkakni “Vagner XHK” asoschisining qabridagi yodgorlikka uchta plakat yopishtirib qo‘ygan.
Ulardan ikkitasida “Razvedka noem Stepan Zasunko”, uchinchisida “Petux” deb yozilgan. Hujum qilgan shaxsga mast holda jamoat joylariga kelgani uchun bayonnoma tuzilib, qabristonni tahqirlash bo‘yicha ham ish ochilgan.
“Rozvіdka Noєm” – Ukraina Telegram kanali, ammo u hali Yevgeniy Prigojin haykalidagi plakatlarning fotosuratlarini joylashtirmagan.
Ilgari noma’lum odamlar yodgorlik ustidan oq bo‘yoq quyib va bronza Prigojinning qo‘liga binafsharang falloimitator qistirib qo‘yishgandi.
Prigojin qabridagi yodgorlik 2024 yil 1 iyunda, uning tug‘ilgan kunida ochilgan. Yaqin atrofda esa ko‘plab videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan, deb yzadi “Fontanka”.
Sharhlar