Primorelik 200 ga yaqin bola KXDRda lagerda dam oladi

Фото: РИА

Primoryelik 200 ga yaqin maktab o‘quvchisi joriy yil yozida Shimoliy Koreyadagi pionerlar lageriga tashrif buyuradi, KXDR bolalari esa Vladivostok yaqinidagi “Okean” bolalar markazida dam oladi, deya xabar beradi oblast ma’muriyati.

“Tez orada 200 ga yaqin Primorye maktab o‘quvchilari KXDRga tashrif buyuradi. 22-iyuldan 2-avgustga qadar bolalar “Sondovon” xalqaro pioner lagerida hordiq chiqaradi”, — deyiladi xabarda.

“Sondovon” xalqaro pioner lageri Sharqiy dengiz sohilida, Vonsan shahri yaqinida joylashgan. Maydoni 10 gektardan ortiq bo‘lgan majmuada qumli plyaj ham bor, shuningdek unda akvapark va okeanarium, sport majmuasi va hayvonot bog‘i, kinoteatr va turli bolalar o‘yin maydonchalari ham mavjud. Bolalarni Pxenyanga ekskursiyaga olib borib turishadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.