Bayden Navalniyning bevasi va qizi bilan uchrashdi

Байден встретился со вдовой и дочерью Навального

AQSH prezidenti Jo Bayden San-Fransiskoda Yuliya va Darya Navalnayalar bilan uchrashdi. U ularga Aleksey Navalniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bayden, shuningdek, 23-fevral kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’lum qildi.

“Prezident Aleksey Navalniyning g‘ayrioddiy jasorati va uning korrupsiyaga qarshi kurashdagi merosiga nisbatan tahsinlar aytdi… U o‘z ma’muriyati 23-fevral kuni Alekseyning o‘limiga javoban Rossiyaga qarshi yangi yirik sanksiyaalr haqida e’lon qilishini tasdiqladi”, — deyiladi Oq uy press-relizida. AFP xabar berishicha, Oq uy Aleksey Navalniyning jasadi uning onasiga qaytarilishi kerakligini ta’kidlagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.