Toshkentda Putin va Davankov bir xil miqdorda ovoz yig‘di

путин
Фото: ИНОСМИ

Ekzit-pollar natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlar Vladimir Putin va Vladislav Davankov Toshkentda bir xil miqdorda — 36 foiz ovozlarni qo‘lga kiritdi.

“Xorijda ovoz ber” loyihasi ko‘ngillilari Toshkentda ovoz berganlardan 2141 kishi yoki 25,8 foizi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan.

LDPR yetakchisi Leonid Slutskiy va KPRF nomzodi Nikolay Xaritonov esa O‘zbekiston poytaxtida 1 foizdan ovoz olgan.

Ayni vaqtda, so‘ralganlarning 19 foizi kimga ovoz berganliklarini ochiqlashdan bosh tortgan. 10 foizi birorta ham nomzodni tanlamagan yoki byulletenlarga bir nechta “galochka” qo‘yib, ularni haqiqiy bo‘lmagan holatga keltirgan.

Samarqandda esa vaziyat quyidagicha: Putinga 36 foiz, Davankovga — 18, Slutskiyga — 1, Xaritonovga esa 0 foiz odam ovoz berishgan. Ovoz bergan 8371 kishining 251 nafari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan. 35 foiz odam javob qaytarishdan bosh tortgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.