Putin Gruziya fuqarolar uchun viza tartibini soddalashtirdi

Фото: yerkramas.org

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gruziya fuqarolarining Rossiyaga kirishi va chiqishi tartibini soddalashtiruvchi farmonni imzoladi. 10-oktyabrda e’lon qilingan hujjat fuqarolarning ayrim toifalari uchun vizasiz rejimni kengaytiradi.

Yangi farmonga ko‘ra, endilikda Gruziya fuqarolari Rossiyaga vizasiz nafaqat qisqa muddatli sayohatlar uchun, balki ishlash uchun yoki vaqtincha bo‘lish, jumladan, ta’lim olish maqsadida ham 90 kundan ortiq muddatga kirishlari mumkin. Ilgari bunday toifadagi fuqarolarning vizasiz kirish huquqi cheklangan edi.

Farmon e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Gruziya fuqarolari Rossiyaga Gruziya fuqarosining pasporti, diplomatik yoki xizmat pasporti, dengizchi kitobi yoki Gruziyaga qaytish uchun yurish hujjati kabi haqiqiy shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tashrif buyurishi mumkin.

Bu qaror ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va Rossiyada ishlash yoki o‘qish istagida bo‘lgan ko‘plab Gruziya fuqarolarining hayotini osonlashtirishi mumkin.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.