Putin Kursk oblastidagi jangovar harakatlarni keng ko‘lamli fitna deb atadi

путин
Фото: URA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor Kursk oblastining chegara hududlaridagi janglarga izoh berdi.

Rossiya hukumati bilan uchrashuvda u Kiуev rejimi tinch aholi manzillari, turar-joy binolari va tez yordam mashinalariga qarata o‘q uzish orqali “yana bir keng ko‘lamli fitna”ni amalga oshirganini aytdi.

Ukraina Kursk oblastidagi vaziyatga izoh bermayapti. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi “Bi-bi-si Ukraina xizmati”ning so‘roviga javoban, bu borada hozircha ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.