Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qarindoshini mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi, deb yozadi DW. Putinning ushbu lavozimga Anna Sivilyovani tayinlash to‘g‘risidagi farmoni 17-iyun kuni huquqiy axborot portaliga joylangan.
Boshqa bir farmon bilan esa mudofaa vaziri o‘rinbosari etib Pavel Fradkov — 2004—2007-yillarda Rossiya hukumatiga rahbarlik qilgan Mixail Fradkovning o‘g‘li tayinlangan. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga esa Leonid Gornin tayinlangan.
Anna Sivilyova — Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyovning rafiqasi. OAVlarda Sivilyovaning Putin bilan ehtimoliy qarindoshlik aloqalari haqida ko‘p marta yozishgan: jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, u prezidentning ota tomondan jiyani (amakivachchasining farzandi).
Sharhlar