Qodirov 27 yoshli jiyanini Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 27 yoshli jiyani Xamzat Qodirovni respublika Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi, deb yozadi “Kommersant”. Bungacha ushbu lavozimni egallab kelgan Turpal-Ali Ibrohimov Chechenistonning Shali tumaniga rahbar bo‘ldi.
Ramzan Qodirov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, uning jiyani va Turpal-Ali Ibrohimov “rahbarlik lavozimlarida boy tajribaga ega va o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni eplaydi”. Kadrlar almashinuvi sabablarini Ramzan Qodirov oshkor etmadi.
Xamzat Ramzan Qodirovning marhum akasi Zelimxonning o‘g‘li bo‘lib, u 2012-yili 15 yoshida Xamzat Qodirov Sentroyev hafizlar maktabini bitirib, so‘ng ushbu muassasaga rahbar bo‘lgan. 2017-yilda u Checheniston davlat universitetining davlat boshqaruvi fakultetida o‘qishni yakunlab, Checheniston rahbari yordamchisiga aylangan. 2018-yilda Kurchaloyev munitsipal tumani ma’muriyati rahbari, 2023-yilda esa Checheniston respublika hukumati raisi o‘rinbosari va mol-mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimlariga tayinlangan.
Sharhlar