Qozog‘iston Milliy gvardiyasining bosh qo‘mondoni korruptsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
Qozog‘istonda Milliy gvardiya bosh qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida ishlagan Konstantin Voronkin qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar beradi.
“Vazirlik o‘z saflarida korruptsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik bo‘yicha o‘zining printsipial pozitsiyasini bildiradi, bu borada amaldagi qonunchilik doirasida xolis va har tomonlama tekshiruv o‘tkaziladi”, — deyiladi vazirlikning rasmiy sharhida.
Voronkin o‘z lavozimida 2020-yildan beri ishlab kelmoqda. Avvalroq internetda uning MChJ asoschisi va “Ak jol” partiyasi raisi o‘rinbosari Dmitriy Vasilevdan pora olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Voronkinga qo‘yilgan ayblovlarning mohiyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hozircha oshkor etilmagan.
Sharhlar