Qozog‘istonda bahorgi toshqinlar tufayli qariyb 100 ming kishi evakuatsiya qilindi
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, bahor toshqinlari boshlanganidan buyon mamlakatda 96,5 ming kishi, shu jumladan, 31,6 ming bolalar evakuatsiya qilingan. 8,5 million kub metr qor-muz suvlari nasos orqali tortib chiqarib tashlangan, deb yozadi “Kommersant”.
“Akmola viloyatining Korgaljin, Atbasar, Astraxan, Sandiktau, Bulandi tumanlarida muzlarning tiqilib qolishi oldini olish uchun portlatish ishlari olib borildi. Jabr ko‘rgan hududlarga 167,9 ming kg gumanitar yordam yetkazildi”, — deyiladi FVV xabarida.
Qozog‘istonning beshta viloyatida 3,4 mingta turar joy va 336 ta hovlili hududlar suv ostida qolgan. 69 ta aholi punkti transport qatnovidan uzilib qolgan va mahalliy hukumat nazorati ostiga olingan.
Bahorgi toshqinlar tufayli, Qozog‘iston hukumati o‘nta viloyatda favqulodda holat rejimini joriy qildi. Prezidennt Qosim-Jo‘mart To‘qayev tabiiy ofatni ko‘lami va oqibatlari bo‘yicha 80 yil ichidagi eng yirigi deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda bahorgi toshqinlar Rossiyada ham kuzatilmoqda. Rossiya prezidentining Ural federal okrugidagi muxtor vakili Vladimir Yakushev toshqinlarda Qozog‘istonni aybladi. Rossiya Kurgan va Tyumen viloyatlarida bahorgi toshqinlarga duch kelmasligi uchun, Qozog‘iston o‘z suv omborlari tizimida suvni kelishilgan holda oqizishi kerak edi, dedi u.
Sharhlar