Qozog‘istonda joriy yilning kuzida atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning bildirishicha joriy yilning kuzida atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.
“Barqaror energiya ta’minotisiz iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi bilasiz. Shuning uchun men atom elektr stansiyasini qurish masalasini o‘rganishni topshirdim. Hozir keng muhokama qilinmoqda, turli fikrlar bildirilmoqda. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ham faol ishtirok etishi kerak”, — degan Toqayev OAV vakillarini taqdirlash marosimida.
Uning fikricha, mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
“Ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish muhim. Bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni xalq qabul qiladi. Referendum shu yilning kuzida bo‘lib o‘tadi. Aniq sanani hukumat belgilaydi”, — degan Toqayev.
Sharhlar