Qrim IIV o‘n yoshli qizchaning tik-tokida “Rossiya armiyasini obro‘sizlantirish” belgilarini topdi
Qrimning Saki shahri politsiyasi mahalliy maktab o‘quvchisining “TikTok” sahifasida “Rossiya Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirish” va “Rossiya davlat bayrog‘ini tahqirlash” belgilarini topdi. Bu haqda Rossiya vazirligining hududiy boshqarmasi telegram-kanali xabar beradi.
Videoda qiz Ukraina va Rossiya bayroqlari orasidan tanlaydi. U birinchisiga yurak, ikkinchisiga esa g‘azablangan emodzini bergan.
Maktab o‘quvchisi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshga yetmaganligi sababli, uning 38 yoshli onasiga nisbatan voyaga yetmaganlarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi, deya tushuntiradi IIV (RF MJKning 5.35-moddasi).
Ulashish:
Sharhlar