Raimbek Matraimovning Qirg‘izistonda hibsga olish muddati 26 dekabrga qadar uzaytirildi
Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Raiymbek Matraimovni hibsga olish muddatini 2024-yil 26-dekabrgacha uzaytirdi.
Matraimov va uning uch ukasi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan 26 mart kuni qo‘lga olingan va Ozarbayjondan Bishkekka olib ketilgan.
Sobiq bojxonachi noqonuniy qamoqqa olish va pul yuvishda ayblanmoqda.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasiga koʻra, Matraimov marhum kriminal boshliq Qamchi Koʻlboev bilan aloqador boʻlgan.
Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiev Matraimov davlatga 200 million dollar to‘lashi kerakligini aytgandi.
Ulashish:
Sharhlar