Rossiyalik bloger “MotoTanya” Turkiyada YTHga uchrab halok bo‘ldi

Foto: vk.com

Ijtimoiy tarmoqlarda “MotoTanya” sifatida tanilgan rossiyalik mototsiklchi Tatyana Ozolina Turkiyaning Milas shahri yaqinida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

Ozolina Milas—Seke trassasida turkiyalik motobloger Onur Obut bilan to‘qnashib ketgan. Ular bilan birga yana bir bayker bo‘lgan, ammo u YTHga uchramagan, ularning uchalasi ham Izmirdan Bodrumga ketayotgan edi.

Erkak jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, qiz esa voqea joyida vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ozolina birinchi mototsiklini 2014-yilda sotib olgan va blog ochgan. Uning YouTube-kanaliga qariyb 2 million kishi, Instagram sahifasiga esa 960 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.