Rossiya Adliya vazirligi Yekaterina Dunsovaning partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi

Фото: Дождь

Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi Yekaterina Dunsovaning “Rassvet” partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi, bu haqda “Rassvet” telegram-kanalida xabar berildi. Partiya rasmiylarning qarori o‘z vakillari uchun “salbiy yangilik” emasligini va “Rassvet” o‘z faoliyatini davom ettirishini aytdi.

“Partiya – real maqsadlari va tegishli missiyasi bo‘lgan harakat bo‘lib, uni byurokratik qaror bilan taqiqlab bo‘lmaydi. Biz tinchlik va demokratiya tarafdorimiz va ijtimoiy va gumanitar loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz”, — deyiladi bayonotda.

2023-yilning noyabrida Yekaterina Dunsova Rossiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgandi, biroq Markaziy saylov komissiyasi uni ro‘yxatga olishdan bosh tortdi. Keyinchalik u “xorijiy agent” sifatida tan olindi. Yanvar oyida Dunsova “Rassvet” siyosiy partiyasini tashkil etishini e’lon qildi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.