Rossiya Dneprga otgan yangi “Oreshnik” raketasi to‘g‘risida nimalar ma’lum?
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra,Ukrananing Dnepr shahriga zarba bergan “Oreshnik” ballistik raketasi haqida 21-noyabrgacha nomini ham qo‘shganda, hech narsa ma’lum emas edi. Amm variantlar juda ko‘p emas. BBC esa Dneprga otilgan raketa nima ekanligi va Putinning uni ishlatishga qaror qilish orqali Ukraina va G‘arbga qanday signal berishi mumkinligi haqida gapirib berdi.
Putin Rossiya tomonidan Dnepr shahriga otilgan raketa Rossiya sanoat tarmog‘i tomonidan yaratilgan yangi ishlanma ekanligini ma’lum qildi. Uning so‘zlari va raketaning bosib o‘tgan masofasiga qaraganda, bu o‘rta masofali raketa bo‘lgan. Bunday raketalarni “RSMD” shartnomasi amalda bo‘lgan 2019-yilgacha ishlab chiqarish ta’qiqlangan edi. Demak, Rossiya ushbu shartnomani buzib, raketani 2019-yilgacha ishlab chiqargan, yoki juda qisqa vaqt ichida yangi raketa yaratgan.
Raketa otilganini qanday o‘rganish mumkin
Ballistik raketani shunchalik katta masofaga otish, ayniqsa ko‘plab razvedka xizmatlari diqqatida turgan hududda, sezilmasdan qolmaydi. Raketani parvoz paytida yaxshi ko‘rish mumkin. Birinchi navbatda, bu raketa dvigatelidan chiqadigan olov-alangaga tegishli. Uning nurlanishi kosmik yo‘ldoshlar va kuzatuv samolyotlaridan yaxshi ko‘rinadi. Mashqlar yoki sinovlar paytida ko‘p otiladigan raketalarning mash’alalari parametrlari, shuningdek, ularning xarakteristikalari ham ma’lum. Shu sababli, yangi raketaning uchirish ma’lumotlarini o‘rganib, uning ba’zi parametrlarini tushunish mumkin.
G‘arb razvedka xizmatlarida raketa turi borasida ancha aniq tasavvurlar bo‘lishi kerak. Pentagon vakili Sabrina Singxning aytishicha, xarakteristikalarga qaraganda, bu Rossiyaning RS-26 “Rubej” raketasi asosida yaratilgan “o‘rta masofali eksperimental ballistik raketa” hisoblanadi.
Matbuot va ijtimoiy tarmoqlar sharhlarida va ekspertlar tomonidan boshqa gipotezalar ham aytildi. Amerika harbiylaridan mustaqil ravishda ular ham Rossiya o‘rta masofali zarbalar uchun eksperimental qit’alararo “Rubej” ballistik raketasini moslashtirganligini e’tirof etdilar.
Hozircha G‘arb razvedka xizmatlari o‘z xulosalarini e’lon qilmagan, lekin ular raketa turi haqida ancha aniq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.
Ukraina razvedkasi esa, o‘z navbatida, Rossiya “Kedr” eksperimental raketa majmuasini ishlatgan bo‘lishi mumkin, degan ma’lumotlar berdi, uning parametrlari ochiq manbalarda tahlil qilingan parametrlarga yaqin.
Lekin “ITAR-TASS” agentligining 2021-yil dekabrdagi mudofaa-sanoat kompleksidagi manbasiga tayanganib bergan xabariga ko‘ra, “Kedr” yangi ballistik raketasini yaratish bo‘yicha tajribaviy-konstruktorlik ishlari 2023–2024 yillarning boshida boshlanishi, ilmiy-tadqiqot ishlari esa amaldagi Davlat qurollanish dasturi doirasida moliyalashtirilishi kutilagan.
Rossiyada uch yil ichida shu sinfdagi printsipial yangi ballistik raketa yaratilishi ehtimoli juda kam.
Putindan texnik ma’lumotlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni kechki bayonotida raketa haqida ba’zi bir ma’lumotlarni berdi. U raketa “yadrosiz gipertovushli jihzlanishda”da ekanligini, uning jangovor kallaklari “nishonlarga 10 Max – ya’ni 2,5–3 kilometr/soniya tezlikda zarba berishini” aytdi.
Yadroviy jangovor kalliklarning yo‘qligi aniq edi, ballistik raketaning yerga yo‘naltirilgan bloklarining tezligi odatda gipertovushli bo‘ladi. Bu ajratiluvchi jangovor qismli raketa edi. Jangovor allaklarning turi sharhlovchilar o‘rtasida bahs tug‘dirmoqda.
Dneprga zarba berilgan paytda olingan videoyozuvda yerga oltita guruhda qandaydir narsalar tushayotgani ko‘rinib turibdi. Har bir guruhda ham taxminan oltigacha yonuvchi nuqtalar bor edi.
Bu bu kabi raketa uchun birmuncha ko‘p bloklar sanaladi. Biroq videoda yerda portlashlar ko‘rinmagan. Agar rostan ham portlashlar bo‘lmagan bo‘lsa, deyarli yonuvchi nuqtalar kinetik qo‘shimcha o‘q-dorilar bo‘lishi mumkin.
Ular har qanday o‘lchamda bo‘lishi va hech narsa bilan to‘ldirilmasligi mumkin. Bunday, asosan, metall bolvankalar to‘qnashuv paytida kinetik energiya hisobiga nishonni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Mazkur yuqori tezlik hisobga olinganda esa, bu energiya juda yuqori bo‘lishi kerak.
Hozirdanoq bir nechta manbalar raketa Astraxan oblastidagi “Kapustin Yar” poligonidan otilganini aytishmoqda. Agar bu rost bo‘lsa, raketaning mazkur parvozdagi masofasi taxminan 800-850 kilometrni tashkil qilgan.
Vladimir Putin “Oreshnik”ni o‘rta masofali raketa deb atadi. Bunday raketalarning amal qilish radiusi 1000 dan 5500 kilometrgacha bo‘ladi. Biroq ushbu raqamlar raketalarni hujjatlarda tasniflash uchun qo‘llaniladi. Ming kilometr – bu traektoriyaning pastki chegarasi emas.
Sharhlar