Rossiya dronlar ustida Xitoy bilan birga ishlamoqda – Bloomberg
2024-yilda Xitoy Rossiya tomonining taklifi bilan kamikadze dronlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishni boshladi, deya xabar bergan Bloomberg Yevropa rasmiylari orasidagi manbalariga tayanib. Bu haqda DW yozadi.
Rossiya va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar 2023-yilda bo‘lib o‘tgan. Nashrning qayd etishicha, yig‘ilgan dronlardan hali Ukrainadagi jang maydonida foydalanilmagan.
Taxminlarga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan dron Eronning Shahed tipidagi droniga o‘xshash bo‘ladi. Agentlik manbalari aniq spetsifikatsiyalarni aytmagan, biroq avvalroq Xitoy OAVlari mamlakatda Sunflower 200 droni ishlab chiqilayotgani haqida yozgan edi, u ma’lum qilingan xususiyatlariga ko‘ra Eronning Shahed 136 droniga o‘xshaydi.
AQShda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hozircha tayyor dronlarni Rossiyaga o‘tkazish maqsadga muvofiqligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylamoqda, ammo Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga nisbatan rasman betaraf ekaniga qaramay, ularni yig‘ish uchun komponentlar allaqachon yetkazib berilyapti. 2023-yilda Britaniyaning The Telegraph gazetasi Xitoy allaqachon Rossiyaga katta miqdorda harbiy texnika yetkazib berayotganini yozgan edi. Pekin Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatish haqidagi barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Sharhlar