Rossiya Dumasiga noqonuniy migratsiyani tashkillashtirganlik uchun mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Davlat Dumasining elektron bazasida g‘arazli maqsadlarda noqonuniy immigratsiyani tashkil qilganlik uchun mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi paydo bo‘ldi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, noqonuniy immigratsiya ko‘lami shu qadar kengayganki, u allaqachon “jamoatchilik munosabatlariga turli xil beqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatmoqda” va Rossiya xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Qonun loyihasida jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar va boshqa mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risidagi jinoyat qonunchiligi normalarini noqonuniy migratsiyani tashkil etish holatlariga ham kengaytirish taklif etilmoqda.
Tashabbus mualliflarining izohida aytilishicha, “mulkni musodara qilish ancha jiddiy oldini oluvchi salohiyatga ega.
Bu jinoyat sodir etish uchun qulay shart-sharoitlarni yo‘q qiladi, uni iqtisodiy foydasiz qiladi, huquqbuzarni jinoyat sodir etish natijasida olishi mumkin bo‘lgan “foyda”dan mahrum qiladi, bu esa, o‘z navbatida, noqonuniy migratsiya oqimlarini tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan “xufiya” iqtisodiyot hajmini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin..
Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, musodara jazosiz ham qo‘llanishi mumkin.
Sharhlar