Rossiya elitasi urush tez orada tugashiga ishonmayapti
Faridaily nashriga Rossiya rahbariyatidagi kayfiyat haqida Putin bilan muntazam muloqotda bo‘lgan rasmiylar, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning borishidan xabardor odamlar gapirib berdi.
Faridaily suhbatdoshlariga ko‘ra, hokimiyatda tinchlik muzokaralari tarafdorlari deyarli qolmagan. Tinchlik bo‘yicha “so‘rov” Ukrainaning Kursk oblastiga bostirib kirishidan keyin yo‘qolgan.
“Putin uchun bu [Rossiya hududiga bostirib kirish] kamsituvchi holat edi”, – deya tushuntiradi suhbatdoshlardan biri.
Putinning atrofidagilar uning kayfiyatini ko‘rib, muzokaralar bo‘lishi mumkinligiga ishonmayapti. “Tinchlikka biror ishora qilish ham qiyin, bunday ovozlar bostirilmoqda”, – deydi «sanktsiyaga uchragan» rossiyalik amaldor.
Faridail suhbatdoshlari Washington Post gazetasining urush boshlanganidan beri Qatarda Rossiya va Ukraina harbiylarining birinchi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi. Muzokaralar 22-23 avgust kunlariga belgilangan edi. Ularda tomonlar energetika infratuzilmasiga hujumlarni o‘zaro cheklash masalalarini muhokama qilmoqchi edi.
Hozir Putin va harbiy rahbariyat bu muzokaralar Kursk oblastidagi operatsiya uchun “parda” bo‘lgan deb hisoblamoqda, deydi Faridail suhbatdoshlaridan biri.
G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berilsa, muzokaralar yanada kechiktirilishi mumkin, deb hisoblaydi rossiyalik amaldorlardan biri. “Bu katta eskalatsiya bo‘ladi va buning ehtimoli katta”, – deydi u.
“Hammasi haddan tashqari chuqurlashdi. Men hech qanday tinchlik jarayoniga ishonmayman. Ukraina parchalanmaguncha, hech narsa tugamaydi”, – dedi Putin bilan uchrashuvlarda muntazam qatnashadigan davlat korxonasining rahbari.
Sharhlar