Davlat dumasining deputati Rossiya hududida yadro bombasini portlatishni taklif qildi
Kaliningraddan saylangan Davlat dumasining deputati, “Yedinaya Rossiya” (“Yagona Rossiya”) partiyasining a’zosi Andrey Kolesnik “dunyoga dahshatli tahdidni eslatish” uchun Rossiyaning “biror joyida” yadroviy portlashni amalga oshirishni taklif qildi. Lenta.ru bilan suhbatda deputat portlash zaruratini “ko‘plab xorijiy siyosatchilar” yadro quroli xavfini unuta boshlagani bilan izohladi.
Kolesnik intervyuda Ukrainaning “iflos yadroviy bomba”dan foydalanish ehtimolini muhokama qilib, bayonot berdi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, dunyo Chernobil AESidagi avariya va Xirosimada atom bombasining portlashini “unuta boshlagan”. Kolesnik “bo‘shashmaslik kerak”ligini aytdi va yadroviy zaryadni “qaysidir poligonda” portlatishni taklif qildi.
Rossiyada endi yadroviy sinovlar taqiqlangan, qayd etadi parlamentariy. Ammo moratoriyni bekor qilish kerak, “balki o‘shanda insoniyat o‘ylar”, deydi “Yagona Rossiya” a’zosi.
Sharhlar