Rossiya mahbuslarni almashish doirasida Amerika fuqarolari Evan Gershkovich va Pol Uilanni ozod etdi
Rossiya mahbuslar almashinuvi doirasida amerikaliklar Evan Gershkovich va Pol Uilanni ozod qildi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar beradi.
Gershkovich va Uilan “Rossiyadan tashqaridagi manzillarga” yo‘l olishmoqda, deya xabar beradi agentlik o‘z manbalariga tayanib.
Pol Uilan va Evan Gershkovich Rossiyada davlatga xiyonatda ayblanib, sudlangan. Ikki kun oldin Uilanning advokati koloniyada u bilan aloqani yo‘qotgan.
Evan Gershkovich ishi
19 iyul kuni Sverdlovsk oblasti sudi bir yildan beri qamoqda o‘tirgan WSJ muxbiri Gershkovichni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gershkovich “Markaziy razvedka boshqarmasining ko‘rsatmasi bilan” 2023-yil mart oyida Sverdlovsk oblastida “Uralvagonzavod” mudofaa korxonasining faoliyati haqida maxfiy ma’lumotlarni to‘plagan. Sud majlisi bir soatdan kam davom etgan.
Pol Uilan ishi
Uilan 2018-yil dekabr oyida Moskvada hamkasbining to‘yiga kelganida hibsga olingan edi. 2020-yil iyun oyida Moskva shahar sudi Uilanni josuslikda aybdor deb topib, uni 16 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi. Tergov Uilanni 2007-yildan beri Rossiyaga maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish va FXX va Mudofaa vazirligi xodimlarini yollash uchun kelganlikda aybladi. Amerika dengiz piyodasi aybini tan olmadi.
Sharhlar