Rossiya “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarishga tayyorlanmoqda
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa mas’ul idoralar bilan “Tolibon” harakatining terrorchilik tashkiloti statusini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi DW. Bu haqda 1-aprel kuni Rossiya OAVlari TIV bayonotiga tayanib xabar bergan. “Yakuniy qaror mamlakat oliy siyosiy rahbariyati tomonidan qabul qilinadi”, — degan vazirlik.
“Tolibon” harakati 2003-yilda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgach, Rossiyada ham shunday tashkilot deb tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan edi. Ayni vaqtda Moskva ko‘p yillardan buyon toliblar bilan muloqotda bo‘lib keladi. Afg‘onistonda hokimiyat “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgach, 2022-yil martida Rossiya ushbu mamlakat hukumatining birinchi diplomatini akkreditatsiyadan o‘tkazgan edi.
Shuningdek, avvalroq Rossiya prezidentining maxsus vakili Kabulov Rossiyada toliblarning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishi bu narsa BMT Xavfsizlik kengashi darajasida yuz berganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin bo‘lishini aytgandi.
Sharhlar