Rossiya ukrainalik bolalarga UQK mashinalarini yoqib yuborishlari uchun ming dollardan taklif qilmoqda
Rossiya Ukraina qurolli kuchlari (UQK) harbiy xizmatchilarining transportiga o‘t qo‘yish uchun ukrainalik bolalarni yollamoqda – buning uchun ular bir necha ming dollar taklif qilmoqda. Bu haqda Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubines ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mamlakat ijtimoiy tarmoqlar orqali “pul ishlab olishni” taklif qilyapti. Hozirda Kiev, Odessa va Dneprda harbiy mashinalarga o‘t qo‘yish holatlari qayd etilgan.
“Bu holat va Rossiya Federatsiyasi tomonidan bolalarni yollash Rossiya Federatsiyasi uchun Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirishning yana bir usulidir”, – deb yozadi Lubines.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil mulkka o‘t qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlik borligini eslatib, ota-onalarni bu haqda farzandlarini ogohlantirishga chaqirdi.
Sharhlar