Rossiyada NQIZlariga dronlar hujumi tufayli yoqilg‘i ishlab chiqarish qisqarishda davom etmoqda
Ukraina dronlarining neft sanoatiga hujumlari tufayli benzin va dizel ishlab chiqarish qisqarishda davom etmoqda, deb yozmoqda “Novaya gazeta Europe” Rosstat ma’lumotlariga tayanib. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 18-martdan 24-martgacha Rossiya neftni qayta ishlash zavodlari 2023-yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,3 va 7 foizga kam benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqargan.
Mart oyida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlar kuchaygan va Qo‘shma Shtatlar jahonda neft narxining oshishi hamda Rossiyaning o‘ch olishidan qo‘rqib, Ukraina hukumatini ularni to‘xtatishga chaqirgandi.
Ulashish:
Sharhlar