Serenko: Rossiyada tayyorlanayatgan teraktlar haqida Moskva olti oy oldin ogohlantirilgan edi

крокус
Фото: РИА

2023-yilning yozidayoq afg‘on razvedkasi Rossiyada “Vilayat Xorasan” tomonidan teraktlar tayyorlanayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va keyin Rossiyaning yuqori martabali amaldorlarini bu tahdid haqida ogohlantirgan, deb yozyapdi siyosatshunos Andrey Serenko o‘zining Telegram-kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston razvedka xizmatining sobiq rahbarlaridan biri bu haqda unga telefon orqali suhbatda aytgan.

“Men shaxsan 2023-yil iyul oyining oxiri – avgust oyining boshida Moskvada bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining ikki yuqori martabali amaldori bilan uchrashdim”, — dedi suhbatdoshim. “Uchrashuvlarimiz davomida men, jumladan, Afg‘onistondagi IShID Rossiya va Tojikiston hududlarida terrorchilik hujumlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar tuzayotgani haqidagi ma’lumotlarni yetkazdim. Razvedka xodimlarimiz aniqlaganidek, “Vilayat Xorasan”ni rejalashtirganlar uchta teraktga tayyorgarlik ko’rishgan – ikkitasi Rossiyada va bittasi Tojikistonda. Teraktlar taxminan 6-7 oy ichida, ya’ni 2024-yilning fevral yoki martida sodir bo‘lishi kerak edi”, – deya qo’shimcha qilgan.

Serenkoning yozishicha, suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, IShIDning afgʻon boʻlimi Qozon yoki Moskvadagi odamlar koʻp boʻlgan obʼyektlarni oʻz maqsadlaridan biri sifatida koʻrgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.