Rossiyalik milliarder YI sanksiyalariga qaramasdan 115 mln dollarga hashamatli samolyot sotib oldi
Chet el samolyotlarini yetkazib berishni taqiqlovchi sanksiyalarga qaramasdan, qiymati 115 million dollardan ortiq bo‘lgan Airbus A320neo biznes-jeti Rossiyaga yetib keldi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar beradi.
Xabarda aytilishicha, Rossiyadagi birinchi NEO sinfidagi samolyot egasi “Kiyevskaya ploshchad” kompaniyasi asoschilaridan biri Zarax Iliyev bo‘lishi mumkin.
Forbes saytida aytilishicha, uning boyligi taxminan 3 milliard dollarni tashkil qiladi. U AQSh va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kirgan.
Airbus Corporate Jets kompaniyasi ushbu samolyotni 2019-yil oxirida 8774 seriya raqami ostida zavoddan chiqargan. 2020-yil yanvar oyida u vip-interyer va bo‘yash uchun Shveytsariyaga uchib ketgan – bunga bir yil vaqt ketgan.
Samolyot San-Marinoda ro‘yxatdan o‘tgan va Maltadagi manzili bo‘lgan kompaniya orqali sotib olingan, T7-HHH raqamiga ega. 2022-yil yozida samolyot propiskasini Ozarbayjonga o‘zgartirdi va boshqa raqam oldi – 4K-5555.
Shundan so‘ng u EY-565 tojik raqamini olib, keyin propiskani Rossiyaga, raqamni esa RA-73889 ga o‘zgartirdi.
Biznes-jet bortida 25 nafar yo‘lovchi bilan 11,1 ming kilometr masofani bosib o‘ta oladi, havoda 13 soatgacha bo‘lishi mumkin. Butun dunyoda atigi o‘nta shunday samolyot bor.
Sharhlar