Rossiyalik milliarderlar aktivlarini RFga qaytarishni boshladi

Фото: Getty Images

G‘arb sanksiyalariga uchragan rossiyalik milliarderlar asta-sekinlik bilan aktivlarini o‘z vataniga o‘tkaza boshladi. Bunga ko‘p jihatdan Kipr va Shveysariya ta’sischilari yoki benefitsiarlari Rossiya fuqarolari bo‘lgan oilaviy trastlarni boshqarish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etmay qo‘ygani sabab bo‘ldi. Bloomberg agentligiga ikki nafar rossiyalik milliarder anonimlik sharti bilan ma’lum qilishicha, o‘z aktivlarini Rossiyaga o‘tkazish chog‘ida tadbirkorlar biznesning milliylashtirilishi xavflariga duch kelmoqda.

Agentlik suhbatdoshlari aytishicha, hozir ular faqat Rossiyada biznes olib borishga majbur. Davlat ularning aktivlarini milliylashtirishga qodirligi haqida esa o‘ylamaslikka harakat qilishyapti.

Bloomberg tomonidan tilga olingan, o‘rtacha yoshi 63 ga teng bo‘lgan 26 nafar milliarderning umumiy boyligi qariyb 350 milliard dollarga baholanmoqda. Yoshi tufayli, ular o‘z davlatini merosxo‘rlariga berish yo‘llarini rejalashtirishga majbur bo‘lmoqda.

Agentlik yozishicha, Rossiya anchadan buyon o‘z milliarderlarini qaytarishga urinib, merosni topshirish uchun qulayroq sharoitlarni yaratmoqda. Mamlakatda meros uchun soliq yo‘q, shuningdek, meros fondlari haqidagi qonun amal qiladi, ular mol-mulkni keyingi avlodga osonlik bilan o‘tkazish imkonini beradi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.