Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli Polsha o‘zining harbiy aviatsiyasini osmonga ko‘tardi
Polsha va uning NATOdagi ittifoqchilari Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumlari sababli jangovar samolyotlarni osmonga ko‘tardi. Polsha qurolli kuchlari samolyot amaliyotlari mamlakat janubi-sharqida shovqin darajasini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
“Erta tongdan beri Rossiya uzoq masofali aviatsiyasi tomonidan Ukrainaning g‘arbiy hududida joylashgan nishonlarga hujumlar bilan bog‘liq qizg‘in faollik kuzatilmoqda”, deya ta’kidlaydi Polsha harbiylari va Rossiyaning bunday o‘qqa tutishi oxirgi marta 8 iyul kuni qayd etilganini qo‘shimcha qiladi.
26-avgust kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning 15 ta oblastiga raketa va dronlar hujumini uyushtirdi. Portlashlar Kiуev, Xarkov, Krivoy Rog, Dnepr, Lutsk, Zaporojуe, Kremenchug, Kropivnitskiy, Vinnitsa, Xmelnitskiy, Ivano-Frankovskda, shuningdek, Lvov va boshqa bir qator shaharlarda yangragan.
Sharhlar