Rotterdamda noma’lum shaxs o‘tkinchi yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi

Фото: Global Look Press

19-sentyabr kuni kechki payt Rotterdam markazidagi Erazm ko‘prigi yaqinida noma’lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Pichoqli hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir yaralandi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak “Allohu akbar” deb baqirib, odamlarga tasodifiy hujum qilgan.

Jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs qo‘lga olindi, ammo uning sabablari haqida hozircha rasmiy bayonotlar yo‘q. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qotilni 32 yoshli fitnes-trener qurolsizlantirgan. Shuningdek, u NOS telekanaliga hujumchida ikkita uzun pichoq borligini aytdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.