Indoneziyada Ruang vulqoni otildi (foto)
17-aprelga o‘tar kechasi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasidagi Tagulandang orolida Ruang vulqoni otildi, deb yozadi Meduza.
Undan havoga, 300 metr balandlikka kul otilib chiqqan. Vulqon otilishi natijasida yaqin oradagi qishloqlarning 800 dan ortiq aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri keldi.
Ruang vulqonining bunday kuchli otilishi so‘nggi marta 2002-yilda kuzatilgan edi.
Indoneziya dunyodagi eng yirik arxipelag davlat bo‘lib, u Tinch okeani tagida tektonik plitalar o‘zaro to‘qnashadigan hamda zilzila va vulqon otilishlarini keltirib chiqaradigan “Olovli doira” ichida joylashgan.
Ruang tog‘i stratovulqon yoki konus shaklidagi vulqon bo‘lib, u ko‘p yillar mobaynida lava, tog‘ jinslari bo‘laklari, kul va boshqa moddalar qatlamlaridan tashkil topgan.
Sharhlar