Makron va Si Szinpinning birgalikdagi tushligidan “rus pirogi” olib tashlandi
Pireney tog‘larida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xitoy raisi Si Szinpinga tortilgan tushlikka tuzatish kiritilib, undan “rus pirogi” olib tashlangan, deb yozadi “RBK”. Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizo fonida pirogning nomi tufayli amalga oshirilgan.
Siyosatchilar Makronning taklifiga binoan Pireney tog‘lariga tashrif buyurgan, tushlik Fransiya yetakchisining do‘sti tomonidan boshqariladigan, baland tog‘ ustida joylashgan Etape du berger restoranida tashkil qilingan.
Menyu to‘liq mahalliy taomlardan tashkil topgan, ulardan biri esa Fransiyada “rus pirogi” deb ataluvchi pishiriq bo‘lgan. U qorag‘atli pirogga almashtirilgan.
Xitoy yetakchisi Fransiyaga 5-may kuni yetib kelgandi. U Makron bilan muzokaralar olib bordi, shuningdek, fon der Lyayyen ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Si Szinpin Xitoy, Fransiya va Yevroittifoq Ukrainadagi jangovar harakatlar kuchayib ketishiga birgalikda qarshi turishi kerakligini, tinch muzokaralar uchun sharoitlar yaratishi zarurligini qayd etdi.
Sharhlar