Dunyoning eng yirik narkobaronlaridan biri AQSHda qo‘lga olindi
Dunyoning eng yirik narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli yetakchisi Ismael “El Mayo” Sambada AQSHning Texas shtati El-Paso shahrida qo‘lga olindi, deb xabar beradi BBC.
76 yoshli Sambada kartelga ayni paytda Amerika qamoqxonasida saqlanayotgan Xoakin “El Chapo” bilan birgalikda asos solgan.
Sambada bilan birga, Gusmanning o‘g‘li, Xoakin Gusman Lopes ham hibsga olingan. Ularning ikkalasi ham Texasning xususiy aeroportlaridan birida qo‘lga olingan.
AQSH bosh prokurori Merrik Garland ta’kidlashicha, Sambada va Lopes “dunyodagi eng shafqatsiz va qudratli narkokartellardan biri”ga rahbarlik qiladi.
Fevral oyida AQSH hukumati Sambadani tarkibida fentanyl bo‘lgan moddani tayyorlash va tarqatish maqsadida til biriktirishda ayblagan edi.
Sharhlar