“Sapa Kavkaz”: Volgograd koloniyasida odamlarni garovga olgan mahbuslar 2 mln dollar va vertolyot talab qilmoqda
“Sapa Kavkaz” manbasiga ko‘ra, Volgograd oblastidagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasi qo‘lga olingani haqida huquq-tartibot idoralariga birinchi xabar soat 12:00 atrofida kelib tushgan.
Xabarlarga ko‘ra, odamlarni garovga olgan shaxslar vertolyot va ikki million dollar talab qilmoqda.
Ayni paytda inshootga maxsus kuchlar jalb qilingan. Kamida bir kishining o‘limi va ikki nafar garovga olingan kishi haqida ma’lum.
Hujumchilar o‘zlarini Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan IShID terrorchilik tashkiloti a’zolari deb atamoqda.
Ulashish:
Sharhlar