Scholz Turkiyaga qurol yetkazib berishni davom ettiradi
Germaniya kansleri Olaf Scholz Turkiyaga qurol yetkazib berishning davom etishini qo’llab-quvvatladi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Istanbulda o‘tkazgan matbuot anjumanida Scholz Turkiya NATO a’zosi bo‘lgani uchun qurol yetkazib berish qarori tabiiy qadam ekanligini aytdi.
Erdo‘g‘on Turkiya Yevropa qurollarini sotib olishda yuzaga kelgan muammolarni hal qilmoqchi ekanligini ta’kidlab, Eurofighter qiruvchi samolyotlarini sotib olishga qiziqish bildirgan. Samolyotlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Italiya tomonidan birgalikda ishlab chiqariladi va kelishuv barcha to’rt davlatning roziligini talab qiladi. Sholsning aytishicha, London bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.
2019-yilda Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy harakatlari va inson huquqlari bo‘yicha davom etayotgan tortishuvlari ortidan Germaniyadan Turkiyaga qurol yetkazib berish sezilarli darajada kamaydi. Biroq 2024-yil sentabrida Germaniyadan Turkiyaga kamida 236 million yevrolik qurol eksporti, jumladan, zenit-raketalar va torpedalar ham ma’qullandi.
Sharhlar