Shimoliy Koreya Yaponiya tomon raketa uchirdi
Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qit’alararo ballistik raketasini uchirdi, deb xabar bermoqda “Yonhap” agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib.
Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ushbu uchirilish taxminan soat 7:10 da Pxenyan hududidan qayd etilgan.
“Bizning qurolli kuchlarimiz kuchaytirilgan shaylik sharoitida to‘liq jangovar shaylikni saqlab turibdi va biz Shimoliy Koreyaning ballistik raketalari haqidagi ma’lumotlarni AQSh va Yaponiya rasmiylari bilan yaqindan almashmoqdamiz”, — deyiladi bayonotda.
Agentlikning qayd etishicha, uchirish Janubiy Koreya va AQSh mudofaa departamentlari rahbarlari KXDR qo‘shinlarining Ukraina bilan urushda qatnashish uchun Rossiyaga o‘tkazilishini qoralaganidan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘lgan.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, KXDR tomonidan uchirilgan raketa allaqachon okeanga tushib ketgan va hechkim zarar koʻrmagan. Biroq Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba harbiylarning hisobotlarini tinglash uchun Milliy xavfsizlik kengashini chaqirish niyati borligini ma’lum qildi.
Sharhlar