Shveysariya Ukrainaga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bera olmaydi
Shveysariya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan Ukrainaga kredit berish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda mamlakat iqtisodiyoti davlat kotibiyatiga (SECO) tayanib, TASS xabar beradi.
“Rossiya Markaziy bankining immobilizatsiya qilingan mablag‘laridan kutilmagan foyda olinmaydi, chunki Shveysariya moliya institutlarining aktivlari qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariylarida saqlanmaydi, balki tijorat banklarida likvid mablag‘lar ko‘rinishida saqlanadi”, – deya tushuntiradi SECO vakili Fabian Mayenfish.
Bahorda SECO mamlakatda taxminan 7,24 milliard shveytsariya franki (8,32 milliard dollardan ortiq) qiymatidagi Rossiya aktivlari joylashgani haqida xabar bergandi. Avgust oyi holatiga ko‘ra, u yerda 7,1 milliard shveytsariya franki (8,16 milliard dollardan ortiq) qiymatidagi aktivlar, shuningdek, sanktsiyalar qo‘llanilgan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli 17 ta ko‘chmas mulk, sport va lyuks avtomobillar, san’at asarlari, mebellar va aktivlar blokirovka qilingan.
Sharhlar