SpaceX kompaniyasi О‘zbekistonga kosmiy dasturni ishlab chiqishda yordam berishga tayyor

Фото: UzKosmos

SpaceX kompaniyasi О‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam berishga tayyorligini bildirdi, deb xabar berdi “О‘zbekkosmos” agentligi.

Agentlik vakillari Milanda bo‘lib o‘tgan 75-Xalqaro astronavtika kongressida ishtirok etib, Yaponiyaning Ispace agentligi bilan ham hamkorlik memorandumini imzoladi.

Bundan tashqari, Britaniyaning Surrey Satellite Technology kompaniyasi va SpaceX  О‘zbekistonga kosmik dastur yaratish bo‘yicha ekspert maslahatlarini berishga tayyor.

Shuningdek, Yaponiyaning Kyusyu instituti bilan aerokosmik muhandislik sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturi ham kelishib olindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.